Universitet bugun Universitet bugun

G.V.Plåxanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining Toshkånt shahridagi Filiali

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali ko’p yillik faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori; ta’lim va ilm-fan sohasini nazorat qilish federal xizmati litsenziyasi va davlat akkreditatsiyasi guvohnomalariga muvofiq ish yuritib O’zbekiston Respublikasi ta’lim xizmatlari bozorida mustahkam o’rin egalladi.

Bizning asosiy maqsadimiz - chuqur bilim, ilmiy va ijodiy salohiyatga ega yuksak madaniyatli, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir.

G.V.Plåxanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universitetining Toshkånt shahridagi Filiali haqida batafsil o‘qing

Universitet yangiliklari

Filial sayti Internet-festival diplomi bilan taqdirlandi

Filial sayti Internet-festival diplomi bilan taqdirlandi

[29.09.2011]

Kecha bo‘lib o‘tgan UZ 2011 milliy domeni Internet-festivali g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida  Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi RIU Filiali sayti “Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasi diplomi bilan taqdirlandi.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid qaror

Oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga oid qaror

[26.08.2011]

2011 yil 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G.V.Pleõanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” OKT FDBTMning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tartibga soluvchi 239-sonli qarori qabul qilindi.
Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!

[12.04.2011]

«Ayniqsa, mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo‘lida erishgan marralarimiz jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda». (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2011 dagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori)
Filialimizda tantanali tadbir

Filialimizda tantanali tadbir

[21.03.2011]

Navro‘z – xalqimizning azaliy milliy bayramlaridan biridir! Ushbu bayram O‘zbekistonda umumxalq bayramga aylangan. Shakllangan an’anaga ko‘ra bahoriy bayram munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbiriga “G.V.Plexanov nomidagi RIU” Toshkent filiali mehnat jamoasining barcha a’zolari taklif etildi.
Malaka oshirishda yana bir qadam olg‘a

Malaka oshirishda yana bir qadam olg‘a

[14.03.2011]

OTM raxbariyati tomonidan OTM raxbar xodimlari hamda G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent shahri filiali xodimlarining ingliz tili borasidagi bilimini chuqurlashtirish borasida belgilangan vazifalarga muvofiq filialda ingliz tili mashg‘ulotlari guruhlarda muntazam ravishda olib borilmoqda.
Ma’naviy merosimizni qadrlab

Ma’naviy merosimizni qadrlab

[14.02.2011]

G. V. Plexanov nomidagi RIU ning Toshkent shahri filialida o‘zbek millatining ma’naviy merosini o‘rganishga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. 14.02.2011da filial direktori prof. Q. X. Abdurahmonov  boshchiligida o‘tkazilgan majlisda aynan shu masala ko‘rib chiqildi.
Filialda xalqaro anjuman

Filialda xalqaro anjuman

[2.02.2011]

G.V.Plexanov nomidagi “Rossiya iqtisodiyot universiteti”ning Toshkent shahridagi filialida 2011 yil 2 fevral kuni navbatdagi  XXIV Xalqaro Plexanov o‘qishlari bo‘li o‘tdi.
Konsepsiya auditoriyalarda o‘rganilmoqda

Konsepsiya auditoriyalarda o‘rganilmoqda

[20.01.2011]

“G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti” ning Toshkent shahridagi filialida Prezident I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabr kuni Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida o‘qilgan “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish” nomli ma’ruzasini chuqur o‘rganishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Vatan himoyachilariga sharaflar!

Vatan himoyachilariga sharaflar!

[14.01.2011]

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni! An’anaga ko‘ra Filial talabalari “Vatanga qasamyod” majmuasiga tashrif buyurib, Vatanga sadoqat, xalqimizning mard, jasur va fidoyi o‘g‘lonlarining ramzi bo‘lmish haykal poyiga gulchambar qo‘ydilar.
Jonli muloqot

Jonli muloqot

[22.12.2010]

G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent shahri filialida Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdul Aziz Xorunning talaba yoshlar bilan uchravi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv doirasida “O‘zbekiston va Malayziya: iqtisodiyot va biznes” mavzusida konferensiya ham tashkil etildi.
Barcha yangiliklar →